0

“Kulrang kardinal” kim?

Ba'zida “kulrang kardinal”larning ismlari keng jamoatchilikka noma'lum bo‘lib qoladi. Ammo ularning sa'y-harakatlari tufayli global o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tanganing teskari tomoni ham bor. Ba'zi “kulrang kardinallar” o‘z mavqelaridan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanadilar, boshqalarni manipulyatsiya qiladilar va o‘z manfaatlarini ko‘zlaydilar. Tarixda bunday voqealar yaxshilik o‘rniga zarar va halokat keltirgan holatlar mavjud.

“Kulrang kardinal” kim?

Ko‘pincha o‘zimiz kimgadir nisbatan bilib-bilmay "seriy kardinal" nisbatini beramiz. Bu iborani ishlatar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda panada harakat qilayotgan sirli figuraning tasviri paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bu odam ko‘zga yalt etib tashlanmaydi, ammo aynan uning xizmatlari bilan muhim qarorlar qabul qilinadi. Shuni aytish kerakki, “kulrang kardinal”ni – katoliklarning kardinallari bilan almashtirib yuborish kerak emas. “Kulrang kardinal” metafora bo‘lib, u sodir bo‘layotgan voqealarga kuchli, ammo norasmiy ta'sir ko‘rsatadigan odamni anglatadi. Odatga ko‘ra bu kabi shaxslar panada turishni afzal bilishadi. Ular shon-shuhrat va e'tirofga intilmaydilar. Ularga kuch va jarayonlarni ichkaridan boshqarish qobiliyati muhimroqdir.

 

Tarixda yuqori lavozimlarni egallamasdan, haqiqiy kuchga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lgan. Ularning fikri qadrlangan va maslahatlari ko‘pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Kulrang kardinallar siyosiy hayotda, biznesda, madaniiy hayotda ishtirok etishlari mumkin. Ular fikrlari hurmat qilinadigan yaqin do‘stlar, maslahatchilar yoki tajribali mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Shuni bilib olish kerakki, bunday odamlar har doim ham jamoat manfaati uchun harakat qilmaydi.

 

“Kulrang kardinal” iborasi qanday paydo bo‘lgan? Uning ildizlari Fransiyaga borib taqaladi. Qirol Lyudovik XIII hukmronligi davrida real hokimiyat uning Birinchi vaziri kardinal Rishele qo‘lida edi. Uning libosi qizil rangda bo‘lgani bois jamoatchilik uni "qizil kardinal" deb atardi. Risheleening ishonchli vakili Jozef Ota (asli ismi Fransua Le Kler dyu Tramble, 1577—1638) edi. U kulrang libos kiyib yurgani, davlat idoralarida ishlamasa-da, kardinal sifatida katta mavqega ega bo‘lgani bois “kulrang kardinal” nomini olgan edi. O‘shandan boshlab bu ibora keng qo‘llanila boshlangan. Jozef Ota hech qachon birinchi planga chiqmagan, hamisha panada bo‘lishni istagan. Ko‘pincha “kulrang kardinal”lar tarixiy voqealarning asosiy ishtirokchilariga aylanadi. Ularning qarorlari va harakatlari millatlar va davlatlarning taqdirini belgilashi mumkin. Ba'zida “kulrang kardinal”larning ismlari keng jamoatchilikka noma'lum bo‘lib qoladi. Ammo ularning sa'y-harakatlari tufayli global o‘zgarishlar ro‘y beradi. Tanganing teskari tomoni ham bor. Ba'zi “kulrang kardinallar” o‘z mavqelaridan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanadilar, boshqalarni manipulyatsiya qiladilar va o‘z manfaatlarini ko‘zlaydilar.

 

Tarixda bunday voqealar yaxshilik o‘rniga zarar va halokat keltirgan holatlar mavjud. Shu o‘rinda Qo‘qon xonligida Musulmonqul ham “kulrang kardinal” bo‘lganini eslatib o‘tish kerak. Ma'lumki, Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o‘tkazilgan bo‘lib, yosh bo‘lganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoqlar qo‘liga o‘tadi va ular hohlaganicha bebozliklar qila boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853 yilda qipchoqlar qirg‘ini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar o‘ldirilgan.

 

Shu bilan birga, "kulrang kardinal" tushunchasi har doim ham salbiy ma'noga ega emasligini ta'kidlab o‘tish kerak. Ko‘p hollarda bunday odamlar haqiqatdan ham ezgu maqsadlarga intilib, bilim va tajribalari bilan yordam berishadi. Ular o‘z ishlariga chin dildan yondashib, jamiyat farovonligi uchun intilishlari mumkin.

 

"Kulrang kardinal" bo‘lish mumkinmi? Bu savolga “ha, bo‘lish mumkin” deb javob berish mumkin. Ammo bu nafaqat istakni, balki ma'lum fazilatlarni ham talab qiladi. “Kulrang kardinal” boshqalarni tinglash va tushunish qobiliyati, strategik fikrlash va ma'lum bir sohada chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak. Eng asosiysi atrofdagilarning ishonchini qozonish kerak. Axborot hamma uchun mavjud bo‘lgan va har kim istalgan sohada mutaxassis bo‘la oladigan bugungi dunyoda "kulrang kardinal" bo‘lish imkoniyatlari ortib bormoqda. Biroq, buyuk kuch katta mas'uliyatni talab qilishini yoddan chiqarmaslik kerak.

Sharofiddin To‘laganov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"