O'zbekiston

O‘zbekistonda 97 foiz aholi raqamli ko‘nikmalarni muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi

IT forumi doirasida e’lon qilingan tadqiqot natijalari raqamli savodxonlik, onlayn xizmatlar va istiqbolli IT kasblar borasida muhim ko‘rsatkichlarni ochiqladi.

O‘zbekistonda 97 foiz aholi raqamli ko‘nikmalarni muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi

O‘zbekistonda raqamli savodxonlikni oshirish va IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yirik tadqiqot natijalari e’lon qilindi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 97 foizi raqamli ko‘nikmalarni muvaffaqiyat kaliti deb biladi.

 

 

Tadqiqot 2025-yil mart–iyun oylarida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazildi va unda 4 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Respondentlar orasida erkak va ayollarning ulushi deyarli teng bo‘lib, 50,7 foizini ayollar, 49,3 foizini erkaklar tashkil etdi.

 

So‘rovda ishtirok etganlarning 96 foizi IT sohasiga qiziqishini bildirgan. IT ko‘nikmalari darajasi bo‘yicha respondentlarning 17 foizi o‘zini a’lo, 44 foizi yaxshi, 32 foizi esa qoniqarli darajada deb baholadi.

 

 

Masofaviy ish va o‘qish bo‘yicha ham statistik ma’lumotlar aniqlandi. Respondentlarning 57 foizi har hafta videoaloqa vositalaridan foydalanishini bildirdi. Shuningdek, 78 foiz ishtirokchi har oy Elektron hukumat tizimlaridan foydalanadi.

 

Onlayn xarid qilish bo‘yicha so‘rov natijalariga ko‘ra, 52,4 foiz aholi oyiga 2-3 marta marketpleys va ijtimoiy tarmoqlar orqali xarid qiladi. 25 foiz aholi yiliga 2-3 marta onlayn xarid amalga oshiradi. 22 foiz respondent esa umuman onlayn xarid qilmaydi.

 

 

Forum davomida “Kelajak kasblari atlasi” taqdim etildi. Bu atlasda 45 ta istiqbolli IT kasbi belgilangan bo‘lib, u yoshlar, ota-onalar, ta’lim muassasalari va ish beruvchilarga amaliy yo‘nalish beradi.

 

Tadbirda DigiSurvey.uz onlayn platformasi ham ishga tushirildi. Bu platforma orqali tadqiqot natijalari markazlashtiriladi, bepul IT ta’lim resurslari joylashtiriladi va kasbiy yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi.

 

 

Loyiha IT ta’lim uyushmasi va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ishlar 2024-yil sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, birinchi bosqichda aholining IT savodxonligi va malakasidagi bo‘shliqlar aniqlanmoqda. Keyingi bosqichlarda esa maxsus ta’lim dasturlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar uchun kasbiy ko‘mak mexanizmlari joriy qilinadi.

 

Forumda IT Park, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, AlmaU va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar ishtirok etdi. Panel muhokamalar, startaplar, innovatsiyalar, netvorking va interaktiv sessiyalar o‘tkazildi.

 

Tashkilotchilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park O‘zbekiston, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, IT Ladies hamjamiyati va Yoshlar ishlari agentligi ham bor.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.