Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
DXX Zamon.uz'ga aniqlangan ikki holat bo'yicha ma'lumot berdi.

Toshkent viloyatida davlat organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy diniy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etgan fuqarolar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli shaxs Zangiota tumanidagi o‘z xonadonlaridan birida 31 nafar bolaga, 43 yoshli shaxs esa Toshkent tumanidagi uyida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar berdi.
Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ularning faoliyati qonun talablariga zid bo‘lgan. Shu bois, mazkur shaxslarga nisbatan tegishli huquqiy choralar ko‘rildi. Shuningdek, bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.







