O'zbekiston

Buxoroda sotilayotgan ozdiruvchi qahvalar tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi

Noqonuniy yo'l bilan chet eldan olib kelingan 100 ming donadan ortiq dorilar musodara qilindi.

Buxoroda sotilayotgan ozdiruvchi qahvalar tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi

G‘ijduvonda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan ozdiruvchi kofelar va dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Zamon.uz'ga DXX xabar qilgan.

 

Buxoro viloyati Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan reydda 1985-yilda tug‘ilgan, ilgari ham sudlangan fuqaroning uyi ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv natijasida bojxona rasmiylashtiruvlaridan o‘tmagan va hujjatlari bo‘lmagan chet elda ishlab chiqarilgan turli xil ozdiruvchi kofelar va dorilar aniqlandi.

 

Jami musodara qilingan mahsulotlar soni 100 ming donadan ortiqni tashkil etdi. Aniqlangan mahsulotlar orasida quyidagilar bor: KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE, SLT SLIM LUX COFFEE, HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE, SLIM GREEN COFFEE, NATURE COMPLEX LK FAT BURNING, LAO SE LON, FIT90 FAT BURNER, REDUKSIN LIGHT, TSINSISHOU PLUS va boshqa dori vositalari.

 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotlar tarkibida sibutramin moddasi mavjud. Sibutramin O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 818-sonli qaroriga asosan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga kiritilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro haqida Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Dorilar va kofelar xorijdan qanday olib kirilgani aniqlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxoroda sotilayotgan ozdiruvchi qahvalar tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi | Zamon.uz