O'zbekiston

Telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgan o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmadi

Ayrim fuqarolar terrorchilik va radikal kanallarga obunasi sabab Rossiya chegarasidan o‘tkazilmayapti.

Telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgan o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmadi

Rossiya chegara xizmati O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining mobil qurilmalarida terroristik va ekstremistik tashkilotlar hamda radikal kanallarga obuna bo‘lish holatlarini aniqlagan taqdirda, ularning mamlakat hududiga kirishiga ruxsat bermayapti. Bu haqda TASS axborot agentligi 20 dan ortiq sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.

 

TASS ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim fuqarolarning telefonlarida terrorizm va ekstremizm targ‘iboti bilan bog‘liq kanallarga obunalar aniqlangan. Shuningdek, ayrim shaxslar Ukraina tarafini qo‘llab-quvvatlovchi kanallarga obuna bo‘lgani hamda Rossiya huquq-tartibot organlari xatti-harakatlarini tanqid qiluvchi yozishmalar saqlab qo‘yilgani aniqlangan. Ba’zi holatlarda esa fuqarolar chegaradan o‘tishdan oldin messenjerdagi yozishmalarni o‘chirib tashlashga uringan. Rossiya chegarachilari bu harakatlarni xavfsizlikka tahdid deb baholagan.

 

Xabarda qayd etilishicha, 2024-yil mart oyida Moskva yaqinidagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan teraktdan so‘ng Rossiya chet el fuqarolarini tekshirish choralarini kuchaytirgan. Ushbu hodisa bo‘yicha Tojikiston fuqarolari qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

 

So‘nggi bir yarim yil ichida Tojikiston va O‘zbekistonning 20 dan ortiq fuqarosi Rossiyaga kirish taqiqi ustidan sudga shikoyat qilgan, biroq barcha holatlarda sud qarori rad etish tarafida bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgan o‘zbekistonliklar Rossiyaga kiritilmadi | Zamon.uz