Jahon

Afg‘onistonda qo‘g‘irchoqlar sotish taqiqlandi

Tolibon qo‘g‘irchoqlarni diniy jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblab, savdogarlarga mahsulotlarni darhol yo'q qilishni buyurdi.

Afg‘onistonda qo‘g‘irchoqlar sotish taqiqlandi

Afg‘onistonning janubiy hududida joylashgan Qandahor shahrida rasmiylar qo‘g‘irchoqlar savdosini taqiqladi. Bu haqda Afg‘oniston xalqaro portali xabar berganiga ko‘ra, qaror Tolibonning “Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonlikdan saqlanish” vazirligi tomonidan chiqarilgan.

 

Mazkur qaror asosida bolalar uchun mo‘ljallangan bir qator o‘yinchoqlar, xususan, inson qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarni sotish harom, deb e’lon qilindi. Taqiqlovchilar buni diniy asoslar bilan izohlamoqda: ular nazarida, bunday o‘yinchoqlar islomda man etilgan butlarga o‘xshab ketadi.

 

Qandahor shahar hokimiyati barcha savdogarlarga taqiqlangan mahsulotlarni javonlardan darhol olib tashlashni buyurgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Afg‘onistonda qo‘g‘irchoqlar sotish taqiqlandi