O'zbekiston

Andijonda sotuvchisini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Do‘kon egasi bo'lgan ayol qo'l ostida ishlovchi 20 yoshli qizni qarz masalasi sabab do‘pposlagan.

Andijonda sotuvchisini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilgan holatini aks ettirgan video keng tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiylar tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Andijon shahrining “Hunarmand” mahallasida joylashgan kiyim do‘konida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan do‘kon egasi qarz masalasi sabab qo'l ostida ishlovchi, 2005-yilda tug‘ilgan sotuvchi qizni do‘pposlagan.

 

Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda sotuvchisini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz