Bo‘stonliqda ham o‘rmon yong‘ini yuzaga keldi
Uni o‘chirishga vertolyot jalb qilingan.

Bugun, 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumanidagi tog‘li hududda yong‘in yuz berdi. Bu haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 11:16 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” MFY tog‘li hududida taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borgan va olov soat 12:30 da qurshab olingan.
Ayni vaqtda yong‘in bartaraf qilinmoqda. Ushbu yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar, xususan, vertolyot ham jalb qilingan.







