O'zbekiston

“Institut kichik xodimidan davlat rahbarligigacha” O‘zbekiston Prezidenti 68 yoshni qarshi oldi

Bugun, 24 iyul — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

“Institut kichik xodimidan davlat rahbarligigacha” O‘zbekiston Prezidenti 68 yoshni qarshi oldi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak 68 yoshni qarshi oldi. Ushbu sana munosabati bilan davlat rahbarining hayot yo‘li va faoliyatiga nazar tashladik.

 

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

 

Mirziyoyev mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, 1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylangan. 1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan. 1995-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib borgan.

 

Shavkat Mirziyoyev 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bo‘lgan va ushbu lavozimga yana uch marta - 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi. Mirziyoyev O‘zbekiston Birinchi prezidenti tomonidan "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.

 

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng, 2016 yil 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Bosh vazir zimmasiga yuklandi. 2016 yilning 4 dekabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan. 2021 yil 24 oktyabrda bo‘lib prezidentlik saylovida esa Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz ovoz bilan ikkinchi marta Prezident etib saylandi.

 

O‘zbekiston prezidenti ikki qiz va bir o‘g‘ilning otasi, olti nafar nabiraning bobosi.

 

Biz ham tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston prezidentini tavallud ayyomlari munosabati bilan tabriklab qolamiz.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.