O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi: Prezident tashabbusidagi buyuk loyiha yakuniga yetmoqda

Ayni paytda bino markaz ekspozitsiyasi va kontent bilan boyitilmoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi: Prezident tashabbusidagi buyuk loyiha yakuniga yetmoqda

Prezident tashabbusi va g‘oyasi asosida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi yakuniy bosqichga yetib keldi. Ushbu muhtasham majmua nafaqat O‘zbekistonda, balki butun musulmon olamidagi eng yirik ilmiy-ma’rifiy markazlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Hozirda bino qurilishi va ichki pardozlash ishlari deyarli yakunlangan bo‘lib, markaz ekspozitsiyasi va kontent bilan boyitilmoqda.

 

Markaz tarkibini boyitish borasida ommaviy axborot vositalari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, “Sevimli” telekanali tashabbusi bilan 25 ta tarixiy obidaning maketi yaratilmoqda va markazga beg‘araz hadya qilinadi.

 

 

Telekanal direktori Jaloliddin Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, maketlar ustida ish joriy yilning aprel oyida boshlangan va ular to‘liq tarixiy asos, ilmiy maslahatlar va me’moriy uslublar asosida tayyorlanmoqda.

 

“Prezidentimiz g‘oyasini amalga oshirishda o‘z hissamizni qo‘shish biz uchun sharaf. Maketlar ustida katta jamoa bilan ishlayapmiz, ularda nafaqat ko‘rinish, balki ilmiy va ma’naviy mazmun ham mujassam bo‘ladi,” — deydi Safoyev.

 

 

Markaz ekspozitsiyasining ajralmas qismi sifatida 59 ta maket yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 24 tasi zamonaviy 3D formatda taqdim etiladi. Har bir maket tarixiy dalillar va ilmiy asoslar bilan ishlab chiqilmoqda. Ularning barchasi yuqori aniqlik, mukammal bezaklar va ishonchli arxitektura bilan ajralib turadi.

 

 

Ma'lumot uchun: hozirda markaz binosida qurilish va ichki pardoz ishlari deyarli yakunlangan. Ayni damda asosiy e’tibor — ekspozitsiya va kontent bilan boyitish ishlariga qaratilgan. Mazkur ulkan loyiha ustida O‘zbekiston va xorijdan jalb qilingan 2000 ga yaqin olim, mutaxassis, dizayner, arxitektor va hunarmand faoliyat yuritmoqda.

 

Markaz doirasida 800 dan ortiq loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ulardan 400 ga yaqin loyiha Prezident tomonidan ilgari surilgan “Sivilizatsiyalar, shaxslar, kashfiyotlar” konsepsiyasi asosida shakllantirilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi: Prezident tashabbusidagi buyuk loyiha yakuniga yetmoqda | Zamon.uz