Jahon

Istanbulda Rossiya – Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundi yakunlandi

Muzokaralar 40 daqiqa davom etdi va tomonlar bir qator gumanitar masalalarda kelishuvga erishdi.

Istanbulda Rossiya – Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundi yakunlandi

Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralarining uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar 40 daqiqa davom etdi va rus tilida olib borildi.

 

Tomonlar nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillarini ham almashish bo‘yicha kelishib oldi.

 

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy muzokaralar yakunida quyidagi asosiy bayonotlarni berdi:

 

– Rossiya Ukraina tomoniga onlayn ishlaydigan uchta ishchi guruh tashkil etishni taklif qildi. Ukraina bu taklifni ko‘rib chiqishga rozilik bildirdi.

 

– Muzokaralarda Rossiya va Ukraina o‘z memorandumlarida ko‘rsatilgan pozitsiyalarni muhokama qildi. Hozirda bu pozitsiyalar o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.

 

– Davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuvni tashkil etishdan oldin, u yerda qanday masalalar ko‘rib chiqilishi aniq bo‘lishi kerak. Prezidentlar uchrashuvi muzokaralarning yakuniy nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.

 

– Rossiya kamida 1200 nafar ukrainalik harbiy asirni almashishni taklif etdi.

 

– Yarador va halok bo‘lgan harbiylar jasadlarini yig‘ib olish uchun 24 yoki 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi taklif qilindi.

 

– Ukraina tayyor bo‘lganidan so‘ng, Rossiya 3 ming nafar halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning jasadini topshirishga tayyorligini bildirdi.

 

– Kursk viloyatidan evakuatsiya qilingan, ammo hali qaytmagan 30 nafar fuqaro masalasida Ukraina ularning maqomini aniqlashtirishi kerak. Rossiya ularni harbiy asirlarga almashtirishga tayyor.

 

– Rossiyaga topshirilgan ukrainalik bolalar ro‘yxati bo‘yicha ishlar yakunlangan. Ularning ko‘pchiligi Rossiya hududida bo‘lmagan.

 

– Ikkinchi bosqichda erishilgan barcha gumanitar kelishuvlar bajarilgan.

 

– Rossiya tomon muzokaralarning to‘rtinchi raundi ham o‘tkazilishiga umid bildirdi.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"