“Siz butun bir millatning otasisiz”: Saida Mirziyoyeva otasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
“Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda ko‘rsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman” — deyiladi tabrikda.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklab, o‘z Telegram kanalida tabrik posti yozib qoldirdi.
“Siz men uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli bo‘lib kelgansiz. Men Sizning cheksiz mehringizdan quvvat olib ulg‘aydim.
Dadajon! Tunu kun Sizning o‘y-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bag‘ishlagansiz. Chunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.
Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda ko‘rsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.
Allohdan faqat bir narsani so‘rayman – Sizni doim O‘z panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...
Siz dunyoga kelgan kun barchamizga muborak bo‘lsin, dadajon”, deyiladi tabrik matnida.







