1-avgustdan kuchga kiradigan yangi tartiblar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekistonda ish haqi, BHM, sanitariya normalari va boshqa yo‘nalishlarda bir qator yangiliklar kuchga kiradi.

2025-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda iqtisodiy, mehnat, ta’lim va ijtimoiy sohalarni qamrab olgan muhim normativ o‘zgarishlar kuchga kiradi. Quyida asosiy yangiliklar keltirilgan:
Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi:
Budjet tashkilotlari xodimlari hamda o‘quvchi va talabalar stipendiyalari miqdori 10 foizga oshiriladi.
Minimal ish haqi – 1 271 000 so‘m,
BHM – 412 000 so‘m etib belgilanadi.
Portlovchi moddalar bilan ishlash litsenziyalari tartibi o‘zgartiriladi:
Endilikda bunday faoliyat uchun litsenziya FVV bilan kelishilgan holda beriladi.
Yerni noqonuniy ishlatganlik haqida xabar berganlarga mukofot beriladi:
"GeoMonitoring" axborot tizimi orqali foto/video dalillar yuborilib, pul mukofoti olish mumkin bo‘ladi.
Nogironlar uchun ish o‘rinlari elektron tarzda zahiraga olinadi:
"Yagona milliy mehnat tizimi" orqali tashkilotlar maxsus elektron reyestr asosida nogironlar uchun mos ish o‘rinlarini belgilaydi.
Majburiy oziq-ovqat standartlari bekor qilinadi:
O‘rniga Codex Alimentarius asosida gigiyena, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya qilish tartibi kuchga kiradi.
Davlat tashkilotlarida jismoniy mashqlar va tana massasi nazorati joriy etiladi:
Har kuni ertalab jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Xodimlarning BMI ko‘rsatkichi doimiy e’lon qilinib boriladi.
Ba’zi oilalarga bog‘cha to‘lovlari davlat tomonidan qoplab beriladi
Bu mablag‘lar nodavlat MTTlarga yo‘naltiriladi.
Nodavlat OTMlar talaba qabulini HEMIS tizimiga kiritishi shart
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab 1-oktyabrga qadar barcha qabul buyruqlari HEMIS tizimida rasmiylashtirilishi kerak.
Chiqindi uchun qarzdorlik bo‘lsa, elektr uchun to‘lov to‘xtatiladi:
Agar chiqindi xizmatlari uchun qarz 5 kun ichida to‘lanmasa, elektr to‘lovi bloklanadi.







