O'zbekiston

“Boladagi kasalliklarning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan”

Bolalar ombudsmani Angrenda zo’rlangan 14 yoshli qizni borib ko’rdi.

“Boladagi kasalliklarning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan”

Bolalar ombudsmani Toshkent viloyatining Angren shahrida bo‘lib, jinoyatdan jabrlangan voyaga yetmagan S.Y bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Dastlab Bolalar ombudsmani Angren shahar Bolalar shifoxonasiga kelib, bu maskanda davolanayotgan voyaga yetmagan S.Y. ning umumiy ahvoli va davolanish jarayonini ko‘zdan kechirdi, boladagi kasalliklarning kechishi va muolajalarga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishdi.

 

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan S.Y bilan individual suhbatlashib, bolaning fikrini o‘rgandi.

 

Ta’kidlanishicha, shifokorlar tomonidan S.Y dagi kasalliklarni (o‘tkir artrit, ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetishmovchilik, anemiya og‘ir darajasi, sepsis) davolash uchun barcha zaruriy tibbiy choralar ko‘rilmoqda.

 

Bolada mavjud qayd etilgan kasalliklar surunkali tusga ega bo‘lib, ularning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan.

 

Avval xabar berilganidek, S.Y ga nisbatan sodir etilgan jinoyat holati yuzasidan 09.04.2025-yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Bolalar ombudsmani vakolatlari doirasida mazkur jinoyat ishi yurituvi bo‘yicha o‘z kuzatuvni olib bormoqda. Jumladan, dastlabki tergov uchun mas’ullarga voyaga yetmagan jabrlanuvchi bilan bog‘liq protsessual va tergov harakatlarni olib borishda bolaning qo‘shimcha stress va ruhiy travma olishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda malakali pedagog va psixolog ishtirokini ta’minlash zarurligi bildirildi.

 

Shuningdek, o‘rganish davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Angren shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari bilan uchrashib, mazkur keys bo‘yicha amalga oshirilgan ijtimoiy, psixologik ko‘mak choralari borasida suhbatlashildi.

 

Xususan, “Inson” markazi mutaxassislari S.Y va uning oilasi bilan uzoq muddat davomida tizimli ish olib borib, murakkab vaziyatda bo‘lgan bolani himoyalash va reabilitatsiya qilish hamda oilaga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha davomli kompleks choralar ko‘rmoqdalar.
 


“Mazkur holat yuzasidan ishonchli bo‘lmagan, haqiqatga zid manbalarga murojaat qilishdan tiyilgan holda, faqat mutasaddi davlat organlarining rasmiy axborotlariga tayanishga chaqiramiz! Har qanday asossiz ma’lumotning tarqalishi bola manfaatlariga putur yetkazadi”, - deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Boladagi kasalliklarning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan” | Zamon.uz