O'zbekiston

Chirchiq daryosidan noqonuniy shag‘al olgan mansabdor 6 yilga qamaldi

U rahbarlik qilgan MCHJ tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgan.

Chirchiq daryosidan noqonuniy shag‘al olgan mansabdor 6 yilga qamaldi

Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan, unda Chirchiq daryosi muhofaza hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlangan.

 

Holatga aniqlik kiritilganida qum-shag‘al aralashmasi G.S. MCHJ tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotganligi maʼlum bo‘lgan. Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan tabiatga katta miqdorda zarar yetkazganligi hisob-kitob qilingan va to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

 

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan G.S. MCHJ rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil  muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilangan. Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga katta miqdorda zarar va jarima undirilishi belgilangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chirchiq daryosidan noqonuniy shag‘al olgan mansabdor 6 yilga qamaldi | Zamon.uz