O'zbekiston

Navoiyda havo ifloslanib ketganini jonli efirda aytgan jurnalistga bosim bo'layotgani rad etildi

Navoiy telekanalida jonli efirlarning vaqtincha to‘xtatilishi texnik ishlar bilan bog‘liq ekani, Ruxsora Boboqulovaga esa hech qanday bosim bo‘lmagani viloyat hokimligi tomonidan rasmiy ravishda ma’lum qilindi.

Navoiyda havo ifloslanib ketganini jonli efirda aytgan jurnalistga bosim bo'layotgani rad etildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ruxsora Boboqulova tomonidan Navoiyning ekologik muammolari haqida bildirgan fikrlaridan so‘ng unga bosim bo‘layotgani, shuningdek, viloyat telekanalida jonli efirlar to‘xtatilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi.

 

Unga ko‘ra, 2025-yil 23-iyul kuni viloyat telekanali studiyasida texnik jihozlarni yangilash va LED ekran o‘rnatish ishlari olib borilgan. Shu sababli kunning ikkinchi yarmida jonli efirlar vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Texnik ishlar yakunlangach, 24-iyul kuni soat 18:00 da ochiq muloqot, 25-iyul kuni esa “Assalom, yangi kun!” tonggi dasturi 08:00 dan 10:00 gacha jonli efirda uzatildi.

 

Shuningdek, jurnalist Ruxsora Boboqulovaga hech qanday bosim yoki to‘siq qo‘yilmagani ta’kidlanmoqda. U hozirda ham o‘z ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda. Rasmiy jadvalga ko‘ra, u haftaning seshanba va payshanba kunlari jonli efirlarda boshlovchilik qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.