O'zbekiston

O‘zbekistonda 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi

Prezidentga bandlik va kasbiy ta’limga oid yangi yondashuvlar taqdim etildi.

O‘zbekistonda 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi

25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini oshirish va kasbiy ta’lim tizimida xorijiy tajriba asosida yo‘lga qo‘yilayotgan yangi yondashuvlar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Joriy yil boshidan bandlik siyosatida mahalla va banklar o‘rtasida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilib, natijada birinchi yarim yillikda 3 milliondan ortiq fuqaro daromadli mehnatga jalb qilindi. Shu bilan birga, 2025-yil 1-iyul holatiga ko'ra, aholining ijtimoiy himoyasi va daromadini oshirish orqali kambag'allik darajasi 6,8 foizga kamaygani qayd etildi.

 

Kasbiy ta’lim sifati bandlik darajasiga bevosita ta’sir qilmoqda. Hozirda malakali kadrlar yetishmovchiligi, kasbga yo‘naltirishdagi uzilishlar va xususiy sektor bilan hamkorlikning sustligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatildi. Ayniqsa, kasbiy o‘quv dasturlari mehnat bozori ehtiyojlariga to‘liq mos kelmasligi tanqid qilindi.

 

Taqdimotda quyidagi yangi tashabbuslar ilgari surildi:

 

Mehnat organlari ish beruvchilar uchun hamkor va xizmat ko‘rsatuvchi tizimga aylantiriladi.

 

Ish beruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bermaslik yoki yuborilgan nomzodni ishga qabul qilmaslik uchun qo‘llaniladigan jazolar bekor qilinadi.

 

Tashabbus sifatida Toshkent shahrida maxsus elektron platforma sinov tariqasida ishga tushiriladi, so‘ng butun respublikaga joriy qilinadi.

 

Muayyan vakansiyalar kasbiy ta’limning asosiy yo‘nalishlariga aylantirilib, o‘quv jarayonlari mehnat bozoriga bog‘lanadi.

 

Kasbiy ko‘nikmalar markazlariga xususiy sektor vakillari jalb etiladi, ayrim markazlar esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga aylantiriladi.

 

Kasbiy ta’limni uch bosqichli tizimga o‘tkazish rejalashtirilmoqda: bepul onlayn videodarslar, “kasb vaucheri” orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Prezident malakali kadrlar tayyorlash O‘zbekistonda ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim omil ekanini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi | Zamon.uz