“Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilmaydi”
Tadbirkor Murod Nazarovning taklifi rad etildi.

Ijtimoiy tarmoqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Xalilovning Toshkent shahar bosh rejasining o‘zgarmasligi haqida aytgan gaplari turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan vazirlik rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari “bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi“ deganda tadbirkorning o‘zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan “korreksiyasi” haqidagi fikriga javob bergan. Tadbirkorning taklifi yoki tadbirkor g‘oyasi bilan bosh reja o‘zgartirilmaydi. Balki bosh reja doimiy takomillashib boradigan jarayon.
Taʼkidlanishicha, vazir o‘rinbosari shaharning bosh rejasi takomillashuvi haqida gapirmagan. Tadbirkor nazarda tutgan shaxsiy manfaatidagi maʼlum bir o‘zgarishni nazarda tutgan.
Bosh rejani ishlab chiqishda ilmiy asoslar, shaharsozlik talablari va jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyat kasb etadi. 1969 yilda tashkil etilgan “Toshkentboshplanliti” instituti ushbu jarayonda doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib boradi va doimiy ravishda Toshkent va Samarqand shaharlarining bosh rejalarini takomillashtirib boradi.
“Tadbirkordan kelib tushgan taklif yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi. Vazir o‘rinbosarining javobi boshqarma boshlig‘ining fikrini rad etmaydi. Aksincha to‘ldiradi. Bosh reja tadbirkorning fikri bilan o‘zgaradigan hujjat hisoblanmaydi”, deyiladi munosabatda.







