O'zbekiston

Toshkentda Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi

25-iyuldan 28-iyulgacha avtomobil va jamoat transporti harakati cheklanadi.

Toshkentda Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi

2025-yil 25-iyul soat 22:00 dan 28-iyul soat 03:00 gacha Toshkent shahri Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

 

25-iyul soat 22:00 dan 26-iyul soat 06:00 gacha:


— Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan bir yo‘nalishdagi qismi yopiladi. Bu vaqtda chorrahada faqat o‘ngga burilish mumkin bo‘ladi.

 

25-iyul soat 22:00 dan 28-iyul soat 03:00 gacha:


— Bobur ko‘chasidan to‘g‘ri va chapga harakatlanish taqiqlanadi — faqat o‘ngga burilishga ruxsat etiladi.
— Shota Rustaveli ko‘chasidan chapga burilish taqiqlanadi, faqat to‘g‘ri va o‘ngga harakatlanish mumkin bo‘ladi.

 

Harakatdagi cheklovlar tufayli ayrim avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgaradi. Avtobuslar yangi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanadi, bu haqda batafsil ma’lumot rasmlarda yoki rasmiy manbalarda taqdim etiladi.

 

Haydovchilar va yo‘lovchilardan belgilangan tartiblarga qat’iy rioya qilish so‘raladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi | Zamon.uz