Ayollar va ehtiyojmandlar uchun uy-joy ta’miriga 20 mln so‘mgacha yordam ajratiladi
Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun yangi moliyaviy ko‘mak mexanizmlari joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, ijtimoiy ehtiyojmand qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator moliyaviy yengilliklar belgilandi. Mazkur qaror doirasida quyidagi choralar amalga oshiriladi:
“Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarga yashash uyini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari xaridi uchun eng kam ish haqining 50 baravarigacha (20,6 mln so‘m) subsidiya ajratiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki tarkibida nogiron a’zo bo‘lgan oilalarga yer uchastkasi xaridi bilan bog‘liq xarajatlar 100 baravarigacha BHM (41,2 mln so‘m) miqdorida qoplab beriladi.
Kam ta’minlangan oila farzandlari uchun harbiy xizmatni zaxirada o‘tash badali davlat tomonidan to‘liq qoplanadi (bir martalik asosda).
Iqtidorli yoshlar (fan, san’at, sport, IT yo‘nalishlarida) uchun 6 oygacha bo‘lgan o‘quv kurslari xarajatlari har oyda 1 BHM (412 ming so‘m) miqdorida qoplab boriladi.
Ta’lim, sport, madaniyat yoki IT sohasiga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim muassasalariga jihoz xaridi yoki bino ijara xarajatlari uchun 50 BHM (20,6 mln so‘mgacha) miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Bu chora-tadbirlar jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini rag‘batlantirish hamda ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan.







