O'zbekiston

Afsonaviy bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

Taniqli bastakor shifoxonada og‘ir kasallik bilan davolanayotgan edi.

Afsonaviy bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi

“O‘zbekiston”, “Mening O‘zbekistonim”, “Assalom O‘zbekiston” kabi kuy­lari nafaqat televideniye orqali, balki rasmiy tantanalar, bayram sahnalari va xalq orasida ham tinmay yangrab kelgan buyuk bastakor Sultonali Rahmatov bugun og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

 

Sultonali Rahmatov — O‘zbekistonning zabardast bastakori, sozandasi va sahna odamidir. U Toshkentda tug‘ilib, yoshligidan musiqaga oshno bo‘lgan. Toshkent konservatoriyasini tamomlab, san’atga butun umrini bag‘ishladi.

 

U 2006 yilda Nyu-York Qirollik Akademiyasi tomonidan xalqaro kompozitor sifatida tan olingan. 2010 yilda unga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.

 

Rahmatov 1000 dan ortiq asarlar muallifi. U rahbarlik qilgan ansambllar va jonli konsertlari — ayniqsa Samarqand Registonidagi sahna chiqishi — xorijliklar uchun O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi bo‘lgan.

 

Bir muddat avval Zamon.uz og‘ir ahvolda yotgan bastakorning yaqinlari bilan bog‘langan edi.

 

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Afsonaviy bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi | Zamon.uz