O'zbekiston

Samarqandda mashhur “qo‘ziqorin uy”ni buzish boshlandi

12 qavatli noqonuniy qurilgan bino sud qarori bilan demontaj qilinadi.

Samarqandda mashhur “qo‘ziqorin uy”ni buzish boshlandi

Samarqand shahrining “Konigil” mahallasida joylashgan va “qo‘ziqorin uy” nomi bilan mashhur bo‘lgan 12 qavatli noqonuniy bino buzib tashlanmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur bino hech qanday loyiha hujjatlari, arxitektura ruxsatnomasi va qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz qurilgan.

 

Fuqaro F.Xalilov tomonidan qurilgan mehmonxona shaklidagi bino dastlab 9 qavat sifatida rejalashtirilgan bo‘lsa-da, keyinchalik 3 ta qo‘shimcha “chodir”simon qavat qo‘shilib, balandligi 35 metrdan oshgan. Bino qurilishi davomida bir necha bor to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa-da, ishlar o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan. Bundan tashqari, birinchi qavatda ruxsatsiz faoliyat yuritgan kafe ham aniqlangan.

 

2022-yilning 6-iyul kuni Toyloq tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sud F.Xalilovga binoni o‘z hisobidan buzish haqida qaror chiqargan. “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti hamda hududiy inspeksiya xulosasiga ko‘ra, bino seysmik xavfsizlik talablariga javob bermagan, konstruksiyalarda esa darz ketgan joylar mavjudligi aniqlangan.

 

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, bino qurilishi davomida na muhandislik-geologiya tekshiruvlari, na loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilgan. Loyiha hujjatlari oxirigacha tasdiqlanmagan bo‘lishiga qaramay, “Triumf Proyekt” xususiy ekspertizasi tomonidan asossiz ijobiy xulosa berilgan. Hozirda Respublika komissiyasi xulosasi asosida buzish ishlari boshlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda mashhur “qo‘ziqorin uy”ni buzish boshlandi | Zamon.uz