Andijondagi kanalga neft oqib ketdi
Aniqlanishicha, neftni qayta ishlash jarayonida avariya yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidan o‘qib o‘tuvchi kanalda neft oqib o‘tayotgani aytilgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘rganish davomida “Sanoat energetika guruhi” MCHJ neftni qayta ishlash natijasida avariya holati yuzaga kelgan.
Hozirda ushbu holat to‘liq bartaraf etilgan. MCHJda tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.
“Tekshirish yakuni bilan tabiatga yetkazilgan zarar va taʼsir choralari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.







