O'zbekiston

DXX uchta hududda soliq, MIB, qurilish va hokimlik xodimlarini qo‘lga oldi

Tezkor tadbirlarda lavozimdagi shaxslar korrupsion jinoyatlar bilan ushlangan.

DXX uchta hududda soliq, MIB, qurilish va hokimlik xodimlarini qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan Naman­gan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta korrupsiya holatlari aniqlanib, mansabdor shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar berdi. 

 

Naman­gan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasining bosh mutaxassisi 2024-yil yanvar oyida 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumning ishini qayta ko‘rib chiqib, yengilroq jazo tayinlash uchun sud tizimidagi tanishlari orqali 30 ming AQSh dollari talab qilgan. DXX va Ijro hujjatlarini ta’minlash departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda u 10 ming dollarni olayotganida ushlandi. Qayd etilishicha, ushbu shaxs ilgari ham firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun bir necha bor sudlangan.

 

Yana Naman­gan viloyatida mol-mulklarni baholash bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari 783 million so‘mlik soliq qarzdorligini 141 million so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSh dollari olgan va ayni vaqtda qo‘lga olingan. Shuningdek, ushbu poraga aloqador bo‘lgan viloyat soliq boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i ham 4400 dollarni olayotganda ushlangan.

 

Toshkent shahrida, Mirobod tuman hokimligiga qarashli Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pasport rasmiylashtirib berish va doimiy ro‘yxatga qo‘yish evaziga 1200 dollar pora olayotganida DXX tomonidan qo‘lga olingan.

 

Qashqadaryo viloyatida esa Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi 70 million so‘mlik qarzni undirmaslik uchun, qarzdorning avtotransportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan. Pul mablag‘i Qarshi tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari orqali berilayotganida ushlangan.

 

Hozirda barcha gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashni qat’iy davom ettirishini ma’lum qilgan – aynan korrupsiya islohotlarning asosiy to‘sig‘i sifatida baholanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX uchta hududda soliq, MIB, qurilish va hokimlik xodimlarini qo‘lga oldi | Zamon.uz