O'zbekiston

O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

Yangi tashkil etiladigan universitet tarkibiga Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy ta’lim muassasalari — 5 ta institut, Sеrjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda aviasiya va uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘yicha markaz ham kiritilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida harbiy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tashabbus Xavfsizlik kengashining 21-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida ilgari surilgan topshiriqlar doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, harbiy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan yangi milliy modelni joriy etishni nazarda tutadi.

 

Takliflarga muvofiq, Qurolli Kuchlar akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur universitet Mudo­faa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalarini – jumladan, 5 ta institut, Sеrjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviasiya va uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha mutaxassislar markazini o‘z tarkibida birlashtiradi. Bu markazlashgan vertikal tizim harbiy kadrlar tayyorlashda yaxlit yondashuvni shakllantirish, amaliyot va ilm-fan uyg‘unligini ta’minlash, hamda qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Serjantlar tayyorlash oliy maktabida zamonaviy usullarga asoslangan rahbarlik tayyorgarligi, taktik ko‘nikmalar va qurol-aslaha bilan ishlash bo‘yicha yangilangan o‘quv tizimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, tor ixtisosliklar bo‘yicha “2+2” modeli yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, aloqa, psixologiya, logistika, ta’minot va boshqa 18 ta yo‘nalish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalarining ikkinchi bosqichidan boshlab tanlab olish amalga oshiriladi.

 

Iqtidorli kursantlar uchun esa “Oliy Bosh Qo‘mondon” nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi. Ushbu stipendiya egalari bakalavriatni tugatgach, besh yil ichida harbiy magistraturaga imtihonsiz qabul qilinadi.

 

Shuningdek, harbiy oliy o‘quv yurtlarining 36 ta yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida harbiy va fuqarolik diplomlarini qo‘lga kiritadi. Bu ularga nafaqat harbiy xizmatda, balki undan keyingi faoliyatda ham keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Islohotlar doirasida harbiy pedagoglarni tanlash va tayyorlash tizimi ham takomillashtiriladi. Jumladan, ular yetakchi xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Taqdimotda ilgari surilgan takliflar Prezident tomonidan ma’qullanib, ularni bosqichma-bosqich va samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi | Zamon.uz