O'zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bog'chalardagi bolalarga berilayotgan ovqat sifati keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu holatlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bog'chalardagi bolalarga berilayotgan ovqat sifati keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan ovqat sifati va mahsulotlarning saqlanish holati bo‘yicha tanqidiy post va videolar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu holatlarga izoh berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi holat Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bundan 5 oy avval, 2025-yil 27-fevralda sodir bo‘lgan. Hududiy boshqarma tomonidan holat o‘rganilib, ovqatlanish tartibi va sanitariya qoidalariga amal qilinganiga doir xulosa taqdim etilgan.

 

Ikkinchi holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanidagi 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarining yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Bu 2025-yil 23-iyulda Vazirlik audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida fosh etilgan. Hozirda zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilmoqda va aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilangan.

 

Vazirlik joriy yilda hukumat tomonidan sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga doir qaror qabul qilinganini eslatib o‘tdi. Bu orqali davlat maktabgacha ta’lim muassasalari autsorsing usulida oziqlantirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Maxsus markaz bu jarayonni muvofiqlashtirib, oziq-ovqat xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bog'chalardagi bolalarga berilayotgan ovqat sifati keskin tanqidlarga sabab bo'lmoqda | Zamon.uz