Alibek Kabdurahmonov Alisher Navoiy teatriga rahbar bo‘ldi
Shu vaqtgacha bu lavozimda O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ishlab kelayotgandi.

Kecha, 29-iyul kuni Madaniyat vazirligi binosida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Yig‘ilish davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, teatr direktori lavozimiga tayinlangan Alibek Kabduraxmonov jamoaga tanishtirildi.
Vazir Ozodbek Nazarbekov lavozimga tayinlangan Alibek Kabduraxmonovning faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o‘z bilim va iqtidorini soha rivoji uchun safarbar etishiga ishonch bildirgan.
Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ham lavozimga tayinlangan Alibek Kabduraxmonovni tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.







