O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

Yuz bergan to‘qnashuv ortidan poyezdda bo'lgan 150 yo‘lovchi avtobuslarda manzillariga yuborildi.

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

30-iyul kuni soat 16:09 atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida joylashgan “Baday” va “Beruniy” temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi 592-kilometrda temir yo‘l transporti bilan bog‘liq noxush holat qayd etildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "KamAZ" rusumli yuk avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan va shu paytda harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

 

Mazkur poyezd Andijon – Qo‘ng‘irot yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lib, bortda 150 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. YTH natijasida teplovoz relsdan chiqib ketgan, biroq jabrlanganlar qayd etilmagan.

 

Favqulodda vaziyat ortidan barcha yo‘lovchilar 6 ta maxsus ajratilgan avtobus orqali Nuqus va Qo‘ng‘irot shaharlari tomon jo‘natildi. Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Ichki ishlar vazirligining tegishli tuzilmalari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Poyezd texnik ko‘rikdan so‘ng soat 17:29 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatini tiklab, “Beruniy” stansiyasiga yetib borgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi | Zamon.uz