O'zbekiston

“Toshshahartransxizmat” AJ raisi 7 yilga qamalib, 6 oyda ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

U o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati bo‘yicha ayblangandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ raisi 7 yilga qamalib, 6 oyda ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i va “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan A. Djurayev 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, oradan 6 oy o‘tib ozodlikka chiqarilgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu bo‘yicha Oliy Sud matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi hukmiga ko‘ra A. Djurayev va “Toshshahartransxizmat” AJ hamda AJ tasarrufidagi avtobus saroylarining 20 nafar xodimi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

Dastlabki tergov jarayonida 21 nafar sudlanuvchidan 10 nafariga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Sud tomonidan 6 ta sudlanuvchiga nisbatan (A. Djurayevga 7 yil 6 oy muddatga) ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Xususan, 6 nafar sudlanuvchi qamoqdan ozod qilinib, ochiqda bo‘lgan 2 nafar sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olingan.

 

Sud hukmi bilan sudlanuvchi A. Djurayev va boshqalardan 2 475 687 526 so‘m undirilishi belgilangan hamda sudlanuvchilarga tegishli 2 ta uy-joy yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilgan va zarardan ortgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.

 

A. Djurayev va 10 nafar sudlanuvchi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari va prokuror keltirgan protest asosida ushbu jinoyat Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan bo‘lib, sud jarayoni davomida sudlanuvchilar tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.

 

Taʼkidlanishicha, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.

 

Shu bois, apellyatsiya sudining 2025 yil 5 iyundagi ajrimi bilan asosiy jinoyat bo‘yicha yetkazilgan zarar qoplanganligi sababli sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga to‘langan pullar davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larga olingan va zararni qoplashga qaratilgan 2 ta uy-joy davlat foydasiga musodara qilindi.

 

Endilikda ushbu ajrimdan norozi taraflar Jinoyat–protsessual kodeksining 510-moddasi (taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari) talablariga muvofiq Toshkent shahar sudiga taftish tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ raisi 7 yilga qamalib, 6 oyda ozodlikka chiqqaniga izoh berildi | Zamon.uz