O'zbekiston

“UzAuto Motors” shartnomalarida qonunga nomuvofiq holatlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ular qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

“UzAuto Motors” shartnomalarida qonunga nomuvofiq holatlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari (8 ta band va 45 ta kichik banddan iborat) o‘rganilganda qonunchilikka nomuvofiq holatlar mavjudligi aniqlandi.

 

Tahlil natijasida “UzAuto Motors” AJni jalb qilgan holda shartnomaning 21 ta kichik bandi qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

 

Jumladan, pulni qaytarish muddati avval qo‘shimcha shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kun bo‘lgan. Endilikda 10 kun muddatga qisqartirildi.

 

Avtomobilni yetkazib berish kechikishi avval Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda, ishlab chiqarishda vaqtincha uzilish yuz bersa, avtomobilni yetkazib berish muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi sotuvchining majburiyatlari bo‘limida belgilangan edi.

 

Endilikda Ushbu band fors-major bo‘limiga ko‘chirildi.

 

Takroran shartnoma tuzish holati avval bir rusumdagi avtomobil uchun bir yilda qayta shartnoma tuzish holati aniqlanganda, avtomobilni yetkazib berish muddati qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin edi. Endilikda bu band to‘liq olib tashlandi.

 

Shuningdek, shartnomada sotuvchining qonunchilikda belgilangan majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“UzAuto Motors” shartnomalarida qonunga nomuvofiq holatlar aniqlandi | Zamon.uz