O'zbekiston

40 ta o‘zlashtirilgan so‘zga o‘zbek tilidagi muqobil atamalar belgilandi

Fanlar akademiyasi, til instituti va mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan va omma bilan muhokama qilingan 40 ta o‘zbekcha atama endilikda rasmiy hujjatlarga kiritiladi.

40 ta o‘zlashtirilgan so‘zga o‘zbek tilidagi muqobil atamalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya komissiyasi tomonidan davlat tilining ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va begona leksik birliklar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan navbatdagi til siyosati chora-tadbiri doirasida 40 ta o‘zlashtirilgan so‘zga o‘zbek tilidagi muqobil atamalar belgilandi.

 

Mazkur qaror til sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomidir hamda davlat tilini soflashtirish, uning zamonaviy fan, taʼlim, texnika va ijtimoiy hayotdagi qo‘llanilishini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Ro‘yxatda ilgari nemis, lotin, ingliz, frantsuz, italyan, yunon va rus tillaridan kirib kelgan so‘zlar uchun o‘zbek tilidagi tushunarli va fonetik jihatdan mos atamalar tavsiya etilgan. Xususan:

 

“Svetofor” so‘zi o‘rniga — yo‘lchiroq,

 

“Najdak” so‘zi o‘rniga — qumqog‘oz,

 

“Vokzal” o‘rniga — bekat,

 

“Magazin” o‘rniga — do‘kon kabi so‘zlar keltirilgan.

 

Mazkur atamalar tanlovi O‘zbek tili instituti hamda Davlat tilini rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida, sohaga oid olimlar, filologlar, amaliyotchilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida olib borilgan ochiq muhokamalar asosida ishlab chiqilgan.

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, milliy tilimizning funksional salohiyati va xalqaro miqyosda barqaror rivojlanishini ta’minlashda bu kabi chora-tadbirlar muhim rol o‘ynashini qayd etdi.

 

Yangi ro‘yxat tegishli tashkilotlar va OAVlar orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.