O'zbekiston

Endi o‘quvchi va oʻqituvchilarga ham sanatoriylarga yo‘llanma beriladi

Dam olish muddati pedagog kadrlar uchun sentabr-may oylarida, iqtidorli o‘quvchilar uchun esa iyun-avgust oylarida 12 kun etib belgilanadi.

Endi o‘quvchi va oʻqituvchilarga ham sanatoriylarga yo‘llanma beriladi

2025-yil 29-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan ilg‘or pedagog kadrlar hamda 7–14 yoshdagi iqtidorli o‘quvchilarning vazirlikka qarashli dam olish maskanlariga yuborilishi tartibi belgilandi.

 

Dam olish muddati pedagog kadrlar uchun sentabr-may oylarida, iqtidorli o‘quvchilar uchun esa iyun-avgust oylarida 12 kun etib belgilanadi. Yo‘llanmalar saralash mezonlari asosida taqdim etilib, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan nomzodlarga bepul asosda beriladi.

 

Ilg‘or pedagoglar qatoriga xalqaro va respublika olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar, xalqaro sertifikatlarga ega xorijiy til va STEAM fanlari mutaxassislari, tanlov va musobaqalar sovrindorlari, oliy malakali boshlang‘ich sinf hamda maktabgacha taʼlim pedagoglari kiritiladi.

 

Iqtidorli o‘quvchilar esa xalqaro va respublika darajasidagi olimpiada, musobaqa va tanlovlarda yuqori natijalarga erishganliklari asosida tanlab olinadi.

 

Dam olish jarayonida o‘quvchilar uchun sog‘lomlashtirish, sport, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamda turizm, texnika, sanʼat va kitobxonlik sohalarida qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi o‘quvchi va oʻqituvchilarga ham sanatoriylarga yo‘llanma beriladi | Zamon.uz