Surxondaryoda 8 yoshli qiz avtohalokatda vafot etdi
U piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda mashina urib yuborgan.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida 8 yoshli qiz mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 29 yoshli fuqaro Nexia 2 avtomashinasini boshqarib kelayotib, yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lsa-da tezlikni pasaytirmagan. Oqibatda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yuborgan.
“Yuk mashinasi bilan yonma-yon kelgan paytimda uning orqasidan bir bola yugurib chiqdi, tormoz bosdim, lekin odamga tegib bo‘lgandim”, — deydi haydovchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudida marhumaning onasi ayblanuvchiga og‘irroq jazo berilishini so‘ragan.
Sud hukmi bilan haydovchi 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil-koloniyada o‘tash belgilangan.







