Jahon

Putin va Lukashenko Trampning ultimatumiga javob qaytardi

Lukashenko urush davrida yadroviy davlatga buyruq berib bo‘lmasligini taʼkidlagan bo‘lsa, Putin “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytgan.

Putin va Lukashenko Trampning ultimatumiga javob qaytardi

Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko Valaam bo‘yicha muzokaralar oldidan Ukrainadagi mojaro, uni tartibga solish istiqbollari va so‘nggi qurollar haqida bayonot berishdi. Bu haqida RBK nashri yozmoqda.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar tinchlikka qaratilgan bo‘lsa, u doimo muhim ekanini taʼkidladi.

 

“Men Istanbuldagi muzokaralarni ijobiy deb baholayman. Yuzlab odamlar o‘z vatanlariga qaytganini qanday qilib ijobiy baholamaslik mumkin? Gumanitar sabablarga ko‘ra minglab halok bo‘lgan ukrainalik askarlarning jasadlarini topshirdik, buning evaziga bir necha o‘nlab askarlarimizning jasadini oldik”, deydi Putin. 

 

Shuningdek, Rossiya rahbari Ukraina bo‘yicha muzokaralar omma oldida emas, tinch va sokin muhitda o‘tishi kerakligini aytib o‘tgan. 

 

“Muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun biz muzokaralarni omma oldida emas, balki osoyishta muhitda xotirjamlik bilan o‘tkazishimiz kerak. Aynan shu maqsadda biz uchta guruh tuzishni taklif qildik. Ukraina tomoni esa bunga ijobiy munosabat bildirdi”, deydi Putin.

 

Uning taʼkidlashicha, uzoq muddatli sulh shartlari o‘zgarishsiz qolgan. 

 

“Biz ularni o‘tgan yilning iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shakllantirgan edik. Bunga rus tili, mustaqillik va pravoslav cherkovi, Ukrainadagi nasroniy cherkovi rivojlanishi uchun munosib sharoitlar kiradi. Bularning barchasi birgalikda muhokama qilinishi kerak va umuman hech qanday muddatsiz, uzoq muddatli, mustahkam tinchlik uchun asos bo‘lishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya yetakchisi.

 

Aleksandr Lukashenko Amerika prezidenti Donald Trampning ultimatumiga izoh berib, siyosatda bunday yo‘q tutib bo‘lmasligini aytdi. 

 

“50, 60, 10 kun. Siyosat bunday bo‘lmaydi. Agar u tinchlikni istasa, bunga ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak. Axir bu harbiy mojaro va u yerda ayniqsa yadroviy davlatga buyruq berib bo‘lmaydi. Bu shunchaki kulish”, degan Belarus rahbari.

 

Shuningdek, Rossiya prezidenti “Oreshnik” raketalarini tizimli ravishda ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilganini gapirgan.

 

“Biz birinchi seriyali “Oreshnik” tizimini ishlab chiqardik. U armiyaga topshirildi. Endi serial ishlay boshladi. Mutaxassislarimiz kelajakdagi pozitsiyalar uchun joy tanladilar va hozirda ushbu pozitsiyalarni tayyorlashmoqda. Demak, biz katta ehtimol bilan yil oxirigacha bu masalani yopamiz”, dedi Vladimir Putin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin va Lukashenko Trampning ultimatumiga javob qaytardi | Zamon.uz