O'zbekiston

Endi tez yordam mashinasi harakatini onlayn kuzatish mumkin

Hozircha ushbu tizim Toshkentdagi chaqiruvlar uchun amal qilmoqda.

Endi tez yordam mashinasi harakatini onlayn kuzatish mumkin

Toshkent shahrida tez yordam chaqirilganidan so‘ng uning harakatini onlayn kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu yangi tizim pilot loyiha sifatida joriy etildi.

 

Loyiha Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, fuqarolar tez yordam kelayotgan yo‘nalishni avval brauzer orqali, keyinchalik esa Yandex Go ilovasi orqali ham kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

 

Tez yordam chaqirilgan zahoti, foydalanuvchiga SMS orqali xaritaga olib boruvchi havola yuboriladi. Loyihaning keyingi bosqichida esa Yandex Go ilovasi orqali “push-xabarnomalar” orqali tez yordamning joylashuvi va yetib kelish vaqti haqida maʼlumot beriladi.

 

Markaz rahbari Abduvoitjon G‘afurovning so‘zlariga ko‘ra, bu raqamli yechim jarayonlarni ochiqroq va aholi uchun qulayroq qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, dispetcherlarga tushayotgan yukni kamaytirishi ham kutilmoqda.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda respublika bo‘ylab har kuni taxminan 40 mingtacha qo‘ng‘iroq qabul qilinadi, ularning 60 foizga yaqini — shoshilinch chaqiruvlardir.

 

Hozircha ushbu tizim Toshkent shahridagi chaqiruvlar uchun amal qilmoqda. Kelgusida uni boshqa hududlarga ham joriy etish rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi tez yordam mashinasi harakatini onlayn kuzatish mumkin | Zamon.uz