O'zbekiston

Jurnalistlar uchun “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi eʼlon qilindi

Materiallar joriy yilning 15 avgust kunigacha qabul qilinadi.

Jurnalistlar uchun “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi eʼlon qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar va materiallar qabul qilinadi.

 

“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari;

– televideniye va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari;

– internet jurnalistikasi;

– publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun;

– yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari;

– tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari;

– kino sanʼati asarlari.

 

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha maʼlumot (obyektivka);

–  muallifning pasport yoki  ID-karta nusxasi, telefon raqami.

 

Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki  ID-karta nusxasi.

 

Tanlovda har bir ishtirokchining 2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 1 avgustgacha bosma va internet nashrlarida eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari joriy yilning 15 avgust kunigacha qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro‘yxati matbuotda eʼlon qilinadi.

 

Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet jurnalistikasi bo‘yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining (99 466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) Telegramiga yuboriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.