O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni soxta tabiblardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

2024-yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan 38 nafar shaxs jarimaga tortilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni soxta tabiblardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, so‘nggi yillarda davlat tomonidan xalq tabobatini rivojlantirish, uni zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash va mutaxassislar malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada mamlakatda 150 ta tadbirkorlik subyekti tegishli litsenziya asosida xalq tabobati yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.

 

Biroq, so‘nggi paytlarda litsenziyasiz, ruxsat etilmagan usullar yordamida kasalliklarga tashxis qo‘yib, ularni davolashga urinayotgan va shu orqali insonlar sog‘ligi hamda hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan soxta tabiblar soni ortib bormoqda.

 

“Eng yomoni, xastaliklardan tez, oson va asoratsiz qutulishni istagan yurtdoshlarimiz o‘zini “g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega” deb tanishtirgan, hech qanday tibbiy tasdiqlanmagan hamda sinovlardan o‘tmagan muolajalarni taklif qilayotgan shaxslarga ishonib qolmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar bunday shubhali xizmatlar uchun asosiy targ‘ibot maydoniga aylanmoqda”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

 

SSV bunday usullar dalillarga asoslangan tibbiyot davolash protokollariga mutlaqo mos kelmasligini, ularni qo‘llayotgan shaxslarga hech qanday rasmiy litsenziya berilmaganini ta’kidladi.

 

“Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta tabiblardan ogoh bo‘ling! O‘zingiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz salomatligini xavf ostiga qo‘ymang!”, — deya ogohlantirdi vazirlik.

 

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda litsenziyasiz tibbiy faoliyat bilan shug‘ullangan 38 ta yuridik shaxsning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. 2025-yil 1-iyul holatiga esa bunday qonunbuzarlik sodir etgan 24 ta yuridik shaxsga moliyaviy jarima qo‘llangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni soxta tabiblardan ogoh bo‘lishga chaqirdi | Zamon.uz