Jahon

Tramp va Netanyaxu telefon muloqotida janjallashdi

Netanyaxu G‘azodagi ocharchilik haqidagi ma’lumotlarni rad etdi, Tramp esa norozilik bildirib, haqiqiy ochlik borligini ta’kidladi.

Tramp va Netanyaxu telefon muloqotida janjallashdi

NBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat davomida Isroil bosh vaziri Netanyaxu G‘azodagi ocharchilik haqida tarqalgan ma’lumotlarni yolg‘on va Xamas harakati tomonidan tarqatilgan propaganda deb atadi. Bu bayonotga javoban prezident Tramp o‘z noroziligini bildirib, Netanyaxu gapini bo‘lib, unga “ocharchilik mavjudligini inkor qilmaslikni” talab qilgani aytilmoqda.

 

Tramp, shuningdek, yordamchilari tomonidan taqdim etilgan, G‘azoda och qolayotgan bolalar haqidagi dalillarni misol qilib keltirdi va bu vaziyatni “taqlid qilib bo‘lmaydigan haqiqiy ochlik” deb baholadi.

 

NBC xabariga ko‘ra, Oq uy bu telefon muloqotiga oid izoh berishdan bosh tortdi, ammo Amerika-Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yordam dasturlari G‘azo sektorida gumanitar vaziyatning jiddiyligidan xavotir bildirmoqda.

 

Isroil bosh vazirligi esa rasmiy bayonotida Tramp va Netanyaxu o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor etdi va bunday da’volarni “soxta” deb atadi.

 

Shu bilan birga, Isroil hukumati G‘azo sektorida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.