O'zbekiston

Bekobodda MIB xodimi qo'lga olindi

Chet elga chiqish taqiqini olib tashlashni va'da qilgan xodim 6 yilga qamaldi.

Bekobodda MIB xodimi qo'lga olindi

Toshkent viloyati bo‘yicha DXX boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahar MIB davlat ijrochisi o‘z mansab vakolatidan suiiste’mol qilgani aniqlanib, jinoyat ustida qo‘lga olindi. 1989-yilda tug‘ilgan mansabdor shaxs aliment qarzdoriga qo‘yilgan chet elga chiqish taqiqini olib tashlash evaziga 20 million so‘m talab qilgan va 13 million so‘mni pora sifatida olayotganda ushlangan.

 

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, davlat ijrochisi ilgari ham ushbu “xizmat” uchun fuqaro­dan 450 AQSh dollari va 1 million 300 ming so‘m olgan. Ushbu harakatlar jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘ldi.

 

Bekobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, MIB xodimi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi va 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bo‘yicha aybli deb topildi. U 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlarida rahbarlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bekobodda MIB xodimi qo'lga olindi | Zamon.uz