O'zbekiston

Toshkent aeroportida fohishalikka jo‘natilayotgan qizlar to‘xtatib qolindi

Moddiy jihatdan qiynalgan qizlar mo‘may daromad topishiga ishontirilgan.

Toshkent aeroportida fohishalikka jo‘natilayotgan qizlar to‘xtatib qolindi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida fohishalikka jo‘natilayotgan ikki nafar qiz to‘xtatib qolindi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi 41 hamda 31 yoshdagi ikki shaxs o‘zaro jinoiy guruh tuzib, moddiy jihatdan qiynalgan yosh qizlarni mo‘may daromad topishiga ishontirib, g‘arazli niyatlarda fohishalik qilishi uchun Hindiston davlatiga jo‘natayotganligi to‘g‘risida maʼlumot olingan.

 

Ular o‘sha davlatda bo‘lgan jinoiy sheriklari yordamida 23 hamda 25 yoshli qizlarni shahvoniy ekspluatatsiya qilishni maqsad qilib, kuzatayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent aeroportida fohishalikka jo‘natilayotgan qizlar to‘xtatib qolindi | Zamon.uz