O'zbekiston

Toshkentda IIB xodimlari va fuqarolar o'rtasida mojaro chiqdi

Fuqarolar xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan.

Toshkentda IIB xodimlari va fuqarolar o'rtasida mojaro chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaro aks etgan video yuzasidan Toshkent shahri IIBB.si tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Joriy yilning 16-avgust kuni soat 21:40 atrofida Olmazor tumani Qora qamish 1/3 dahasida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori Sh.Qurbonov va patrul-post xizmati inspektori A.Mamadaliyev uch nafar fuqaroning avtomashina oynasidagi qoraytirilgan plyonkani yechayotganini ko‘rib, tekshiruv o‘tkazgan.

 

Surishtiruv davomida 2005-yilda tug‘ilgan U.M. avtomobilga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qarshilik ko‘rsatib voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan. Xodimlar uni qo‘lga olib, Olmazor tumani IIO FMBga olib borgan.

 

Keyinchalik tekshiruv natijasida avtomobil U.M.ning akasi R.M.ga tegishli ekani aniqlangan. Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194 va 195-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun tuman sudiga yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda IIB xodimlari va fuqarolar o'rtasida mojaro chiqdi | Zamon.uz