O'zbekiston

Andijonda ayol erkakning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 300 dollar talab qildi

Sobiq tanishidan shantaj yo‘li bilan pul talab qilgan 34 yoshli ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Andijonda ayol erkakning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 300 dollar talab qildi

Andijon viloyatida shaxsiy hayot daxlsizligiga oid tovlamachilik holati aniqlanib, jinoyatga aloqador shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan fuqaro eski tanishi unga shaxsiy suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib, pul talab qilganini ma’lum qilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Shahrixon tumanida yashovchi 34 yoshli ayol sobiq tanishidan 300 AQSh dollari talab qilgani va ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingani aniqlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday qilmish uchun uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda ayol erkakning shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 300 dollar talab qildi | Zamon.uz