O'zbekiston

Jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar oldida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi

Joriy yil yakuniga qadar jinoyatchilik ko‘p qayd etilgan mahallalarda huquqni muhofaza qilish punktlari ochiladi.

Jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar oldida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi

O‘zbekiston hukumatining qaroriga muvofiq, jinoyatchilik ko‘p qayd etilayotgan mahallalarda tartibni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

 

2025-yil yakuniga qadar bunday hududlarda maxsus huquqni muhofaza qilish punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jamoat joylari va turar-joy massivlari hududida tezkor aloqa uchun “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari va prokuratura xodimlari faoliyati ushbu punktlarda doimiy tashkil etilib, ularning ish kuni shu yerda boshlanadi va tugaydi.

 

Shuningdek, “mahalla yettiligi” tarkibidan ajratiladigan maxsus targ‘ibotchilar aholiga huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi.

 

Yana bir muhim yangilik shundan iboratki, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari har uch kunda mojarolarga moyil oilalar va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plab, ularni tahlil qiladi. Bu esa profilaktik ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jamoat joylari va ko‘p qavatli uylar oldida “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi | Zamon.uz