O'zbekiston

Vazirlik “Open budjet” ovoz berish jarayonida firibgarlikdan ogohlantirdi

Endi firibgarlar “Open budjet” orqali fuqarolarni aldamoqda.

Vazirlik “Open budjet” ovoz berish jarayonida firibgarlikdan ogohlantirdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” loyihalarida ovoz berish evaziga pul mukofoti taklif etayotgan norasmiy Telegram-botlar faol bo‘lib borayotgani haqida ogohlantirdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bunday takliflarga aldanayotgan fuqarolar soni ortib bormoqda.

 

“Vazirlikka yuzlab murojaatlar kelib tushmoqda. Fuqarolar uchinchi shaxslar tomonidan turli loyihalarga ovoz yig‘ish maqsadida pul va’dalariga ishongan, biroq keyinchalik va’da qilingan mablag‘larni ololmagan,” – deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ovoz berish faqat Ochiq budjet portali openbudget.uz, Telegram’dagi rasmiy bot, shuningdek, Android va iOS tizimidagi rasmiy ilovalar orqali amalga oshiriladi.

 

Vazirlik yana bir bor ta’kidladi: “Tashabbusli budjet” platformalarida berilgan ovozlar uchun na to‘lov talab qilinadi, na moddiy mukofotlar nazarda tutiladi. Fuqarolardan shubhali manbalarga ishonmaslik va firibgarlikka uchramaslik so‘ralmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Vazirlik “Open budjet” ovoz berish jarayonida firibgarlikdan ogohlantirdi | Zamon.uz