O'zbekiston

Toshkentdagi Inson huquqlari uyida Rossiya olimlari monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ilmiy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlandi.

Toshkentdagi Inson huquqlari uyida Rossiya olimlari monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2-oktabr kuni Toshkentdagi Inson huquqlari uyida Rossiya olimlari qalamiга mansub "O‘tmishdan kelajak sari: zamonaviy dunyoda inson huquqlari" nomli monografiyaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu asar Rossiya davlat gumanitar universiteti Meros va zamonaviy jamiyat instituti tomonidan nashr etilgan.

 

Taqdimot Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash raisi Valeriy Fadeev rahbarligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazildi. Unda har ikki mamlakatning yetakchi davlat va ilm-fan arboblari, davlat organlari, akademik doiralar va inson huquqlari tashkilotlari vakillari oflayn tarzda, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda viloyat markazlaridagi axborot-kutubxona markazlari xodimlari esa onlayn shaklda ishtirok etdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda yuridik adabiyotning o‘rni nihoyatda muhimligini ta’kidlarkan, Inson huquqlari uyida "Rossiya va inson huquqlari" burchagi ochilganini e’lon qildi. Ushbu burchak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Patrik Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Yuridik instituti kabi tashkilot va muassasalar taqdim etgan kitoblar hisobiga tashkil etildi.

 

Rossiya Prezidentining maslahatchisi Valeriy Fadeev qayd etganidek, ushbu tashabbus Rossiyaning huquq va erkinliklarni himoya qilish tizimi haqidagi bilimlarni kengaytirish, shuningdek, kasbiy aloqalar va davlatlararo inson huquqlari muloqotini mustahkamlashga qaratilgan. Zero, bugungi kunda inson huquqlari va erkinliklari muhokamasini birgina an’ana yoki mafkura doirasi bilan chegaralab bo‘lmaydi – tez o‘zgarayotgan dunyoda rivojlanishning yangi yo‘llarini taklif eta oladigan keng qamrovli sivilizatsiyalararo muloqot zarur.

 

Munozaralarda, shuningdek, Patrik Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Yuridik instituti direktori, professor Aslan Abashidze, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais o‘rinbosari Asqar G‘afurov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi yuridik fakulteti Xalqaro va integratsiya huquqi kafedrasi mudiri Yekaterina Alisievich, Rossiyaning "Oliy iqtisodiyot maktabi" milliy tadqiqot universiteti Raqamli texnologiyalar huquqi va biohuquq departamenti professori Aleksey Deyneko, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari Abdumannop To‘laganov, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Roza Azhujayeva ishtirok etdi.

 

So‘zga chiqqanlar e’tirof etganidek, "O‘tmishdan kelajak sari: zamonaviy dunyoda inson huquqlari" monografiyasi fundamental tadqiqot hisoblanadi. Kitobda inson huquqlari g‘oyalari Rossiya jamiyatining an’anaviy qadriyatlar tizimiga qanday kirib kelgani, boshqa huquqiy va madaniy an’analarga nisbatan qanday rivojlanayotgani hamda global muammolar sharoitida ijtimoiy huquqlar nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etayotgani ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilingan.

 

Mualliflar huquqlarning "an’anaviyligi" haqidagi dolzarb munozaralarni atroflicha o‘rgangan holda, huquqiy nazariyada universal va milliy o‘ziga xoslik nisbatini tahlil qilgan. Shuningdek, demokratiya va erkinliklarning zamonaviy xalqaro reytinglari tanqidiy baholangan.

 

Kitobning butun bir tadqiqotchilar jamoasining sa’y-harakatlarini birlashtirgan ilmiy monografiya janrida yozilganiga alohida e’tibor qaratildi. Unda tarixiy, falsafiy, huquqiy va siyosatshunoslik sohalari bo‘yicha yondashuvlar uyg‘unlashgani, ayniqsa, muhim. Bunday fanlararo xususiyatga ega nashr nafaqat huquqshunos mutaxassislar, balki keng kitobxonlar ommasi – talabalar, o‘qituvchilar, siyosatchilar, jurnalistlar, inson huquqlari va zamonaviy jamiyat rivojlanishi bilan qiziqadiganlar uchun ham ahamiyatlidir.

 

Ishtirokchilar kitob keyingi munozaralar, o‘quv kurslari va yangi qo‘shma loyihalar uchun poydevor bo‘lishini ta’kidladilar. Taqdimotda ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarish muhimligiga ham e’tibor qaratildi. Gumanitar sohadagi qo‘shma loyihalarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

 

Taqdimot doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar, qo‘llanma va jurnallar taqdim etildi. Shuni ham qayd etish joizki, bir tomondan, Toshkentdagi Inson huquqlari uyida "Rossiya va inson huquqlari" burchagi ochilgani, ikkinchi tomondan, ushbu muhim monografiyaning taqdimoti o‘tkazilgani ilm-fan yo‘nalishi va gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining yangi bosqichini belgilab bergan muhim voqealar bo‘ldi.

 

Bu amaliy sa’y-harakatlar, shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida inson huquqlari va gumanitar tadqiqotlar sohasida ilmiy muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslar tizimini amalda izchil tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati

custom img

TIV Jahon chempionatiga borayotgan o‘zbekistonlik muxlislarga tavsiyalar berdi

TIV muxlislarni mezbon davlatlar qonun-qoidalariga rioya qilishga, hujjatlarni oldindan rasmiylashtirishga va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirdi.

custom img

“Kartadan kartaga pul oʻtkazish noqonuniy”. Blogerlar daromadi qay tartibda soliqqa tortiladi?

Blogerlar faoliyat hajmi va ish uslubidan kelib chiqib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

custom img

Diniy- ma’rifiy yo‘nalish talabalari uchun “Islom ma’rifati” stipendiyasi joriy etiladi

“Islomda ayollarning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya va ko‘rgazma o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

“O‘zbekiston barcha uchun xavfsiz mamlakat”

Gonkong OAVi O‘zbekiston turizmi haqida material e’lon qildi.

custom img

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaga ish va o‘qishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Yettita hududda o‘tkazilgan reydlarda migratsiya bilan bog‘liq firibgarlik sxemalariga chek qo‘yildi.

custom img

Samarqandning aytim tuman va shaharlarida kambag'allik 2 foizga kamaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish, olis va chekka tumanlarda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

custom img

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi

Bekatda rekonstruksiya ishlari olib borilib, lift va yangi turniketlar o‘rnatiladi.

custom img

Sirdaryoda chiyabo‘ri to‘rt fuqaroga hujum qildi

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"