O'zbekiston

“Men adolat so‘rayapman” — Guliraʼno Qosimova Saida Mirziyoyevadan yordam so‘ramoqda

Furqat tumanidagi maktab direktori IIB va Soliq boshliqlari munosabati qurboni bo‘lgan edi. Ishi yopiq sudda bosim bilan ko‘rilayotgan ayol yig‘lab murojaat bilan chiqdi.

“Men adolat so‘rayapman” — Guliraʼno Qosimova Saida Mirziyoyevadan yordam so‘ramoqda

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Guliraʼno Qosimova sud ishida jabrlanuvchi sifatida ishtirok etayotgani va bu jarayonda o‘zini adolatsiz munosabat qurboni sifatida his qilayotganini jamoatchilikka maʼlum qildi.

 

Qosimovaning taʼkidlashicha, u ishda jabrlanuvchi sifatida qatnashsa-da, sudda unga ayblovchi sifatida munosabat qilyapti, hatto sud zalidan chiqarib yuborilganini ham so‘zlab berdi. Shu sababli u ichki ishlar xodimlari va yuqori lavozimli mansabdor shaxslarga murojaat qilib, ishni ochiq va adolatli sud muhokamasi orqali ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.

 

Guliraʼno Qosimovaning taʼkidlashicha, sud jarayonida unga nisbatan haqoratli munosabat kuzatilgan.

 

“Sudda meni haqorat qilishgacha o‘tyapti. Men bu holatdan norozi bo‘lib raddiya berdim, ammo sud buni qabul qilmadi”, — deydi u.

 

Sudda advokatlarning telefonlari ham yig‘ib olinayotgani haqida aytadi.

 

“Sud yopiq bo‘lsa, OAV xodimlari kirmasa, advokatlarning telefoni olib qo‘yilsa, eʼtiroz bildirish huquqimiz cheklansa — unda sudning yopiq o‘tishidagi maqsad nima?” — deya so‘raydi u.

 

Qosimova, shuningdek, sud majlisida unga bosim o‘tkazilayotganini ham taʼkidladi:

 

“Guvoh sifatida bergan ko‘rsatmalarimda sudya gapimni bo‘lib, ‘eslay olmaysizmi, eslolmayotgan ekansiz‘, deb menga yo‘naltirishlar bermoqda. Bu holat adolatli jarayonga xalaqit berayapti”, — deydi o‘z shaʼni va qadr-qimmati uchun kurashayotgan ayol.

 

“Men kurashyapman — faqat o‘zim uchun emas, barcha ayollar uchun. Mendan keyin hech bir ayol shunday tahqirga uchramasin”, — dedi direktor.

 

Guliraʼno Qosimova aybdorlar javobgarlikka tortilishidan oldin bu yo‘ldan chekinmasligini, haqiqat va adolat tiklanguniga qadar kurashni davom ettirishini bildirdi.

 

“Sud ochiq bo‘lmasa, adolat ham yo‘q”

 

Qosimova sud jarayonidagi adolatsizlik va bosim holatlariga rasman eʼtiroz bildirib, ishni Oliy sudda ommaviy axborot vositalari ishtirokida ko‘rib chiqishni so‘ramoqda.

 

"Ishni Oliy sudda ko‘rishsin, ochiq muhokama bo‘lsin. Sud ochiq bo‘lmasa — adolat ham bo‘lmaydi”, — dedi u.

 

Direktorning fikricha, ochiq sud jarayoni orqali jamoatchilik haqiqatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi va har bir ishtirokchining haqiqiy harakatini bilishi mumkin bo‘ladi.

 

Guliraʼno Qosimova sud jarayonidagi bosim, dalillar inobatga olinmayotgani va tergov jarayonidagi kamchiliklar sababli Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qildi.

 

“Iltimos, Saida Shavkatovna, mana shu videomurojaatni ko‘rsangiz, yordam bering. Men adolat so‘rayapman”, — dedi u.

 

Shuningdek, direktor boshqa masʼul rahbarlar va jamoatchilik vakillariga ham o‘z dalil va hujjatlarini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

 

“Rahbarim prinsipial inson, adolatni qadrlaydi”

 

Guliraʼno Qosimova Farg‘ona viloyati maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tomonidan ko‘rsatilgan huquqiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlovni alohida taʼkidladi:

 

“Mening rahbarim prinsipial inson. U birinchi navbatda aniqlik va adolatni qadrlaydi”, — deydi maktab direktori.

 

Guliraʼno Qosimovaning ishi mamlakat sud-huquq tizimida shaffoflik va adolatni taʼminlash yo‘lidagi muhim sinov sifatida baholanmoqda. Uning murojaatlari va jamoatchilikka qilgan chiqishlari jabrlanuvchilar huquqini himoya qilish, sud jarayonlarida ochiqlik va javobgarlikni taʼminlash borasida dolzarb masalalarni ko‘tarmoqda.

 

Farg‘ona sud zalida kechayotgan bu jarayon — haqiqat bilan jasorat, vijdon bilan mansab to‘qnashgan maydon. Guliraʼno Qosimova bu maydonda yolg‘iz bo‘lishi mumkin, ammo ortida xalqning ko‘zi, odamlarning adolatga bo‘lgan umid turibdi.

 

Bu sudning natijasi nafaqat bir inson taqdirini, balki butun tizimga bo‘lgan ishonchni belgilaydi.

 

 

                                                                                                                                      Moʻtabar Nurmuhammedova‌‌

 

custom img

Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Madaniyat vazirining to‘rt nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, yangilari tayinlandi. Hasan Salihov Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘ldi.

custom img

Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etiladi

Shaharchada nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish, zamonaviy kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilgan.

custom img

Sobiq maktab direktori Gulira’no Qosimova sud qarori bilan lavozimiga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi ish beruvchining xodimni ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topdi.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kamida 5 ta oliygoh dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti qatoriga kiritiladi

100 ta oliygoh ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda kamida 150 ta texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Dilnozaxon Kattaxanovani yangi lavozimi bilan tabrikladi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, zo‘ravonlikning oldini olish va og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

custom img

Turizmni filmlar orqali targ‘ib qilish: “Film in Uzbekistan” platformasi yaratiladi

Endi O‘zbekistonda film suratga olgan xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning 25 foizigacha qoplab beriladi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi forumi yakunlandi: ishtirokchilar Prezidentga murojaat yo‘lladi

46 davlatdan 500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashgan xalqaro forum o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

custom img

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident farmonlari bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"