O'zbekiston

“Katta Isroil” g‘oyasi: diniy mifmi, geosiyosiy strategiyami?

Ko‘pincha Isroilning G‘azo sektoriga bo‘lgan talabi muhokama qilinadi, ammo savol kengroq: Isroilning maqsadi faqat G‘azo hududimi?

“Katta Isroil” g‘oyasi: diniy mifmi, geosiyosiy strategiyami?

Isroilning Yaqin Sharqdagi mojarolari bir asrdan beri davom etmoqda. Bu ziddiyatlar ko‘pincha diniy, tarixiy va xavfsizlik omillari bilan bog‘lanadi. Ko‘pincha Isroilning G‘azo sektoriga bo‘lgan talabi muhokama qilinadi, ammo savol kengroq: Isroilning maqsadi faqat G‘azo hududimi?

 

Bu munozara ko‘pincha “Buyuk Isroil” yoki “Katta Isroil” konsepsiyasi bilan bog‘lanadi. Mazkur g‘oyaga ko‘ra, Misrdagi Nil daryosidan to Iroqdagi Furotgacha bo‘lgan hududlar yahudiylarning “tangri bergan yeri” sifatida talqin qilinadi. Zamon.uz’ning navbatdagi tahlili Isroilning “Buyuk Isroil” g‘oyasiga bag‘ishlanadi.

 

Yahudiylarning bu g‘oyasi turlicha talqin qilinadi: • Tor ma’noda — Isroil davlati hamda 1967-yilda bosib olingan hududlar (Jo‘lon tepaliklari, G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus va Falastinning ayrim qismlari) majmui sifatida qo‘llanadi. • Keng ma’noda — Misrdagi Nil daryosidan to Iroqdagi Furotgacha bo‘lgan hududlar “Buyuk Isroil” davlatining chegaralarini anglatadi.

 

Isroil siyosiy adabiyotlarida bu tushuncha ko‘pincha dinchi-sionist va ultra-millatchi guruhlarning tarixiy yoki diniy asoslangan hududiy da’volari sifatida yozilgan. Lekin bu g‘oya bir sxema yoki aniq chiziqni anglatmaydi — diniy-ideologik maksimalizmga qadar bo‘lgan keng ko‘lamni qamrab oladi.

 

Tarixiy ildizlar

 

Sionizm asoschilaridan biri Teodor Gerzl bu g‘oyada Dovud va Sulaymon davridagi Quddus va Falastin davlatlariga ishora qilgan. Zeev Jabotinskiy asos solgan revizionistik sionizm oqimida esa bu g‘oya juda katta hududlarga egalik qilish targ‘ib qilingan.

 

1948-yildan keyin Isroilning asosiy maqsadi davlatni mustahkamlash bo‘lgan bo‘lsa-da, diniy-millatchi guruhlar ichida “Yahudo va Samariya” (G‘arbiy sohil) hamda boshqa hududlar ustidan to‘liq suverenitet orzusi saqlanib qolgan. Demak, “Katta Isroil” — geosiyosiy manfaatlar bilan bir qatorda diniy-tarixiy tasavvurlar bilan ham chambarchas bog‘liq.

 

1967-yilda sodir bo‘lgan “Olti kunlik urush” natijasida Isroil Jo‘lon tepaliklari, G‘arbiy sohil, Sharqiy Quddus, G‘azo va Sinay yarimorolining katta qismlarini egalladi.

 

1980-yilda Isroil “Quddus to‘g‘risidagi qonun”ni qabul qildi. Unda Quddus butunlay Isroil poytaxti ekani e’lon qilindi — bu Sharqiy Quddusning amaliy anneksiyasidir. Xalqaro hamjamiyat Isroilning bu qarorini qabul qilmagan bo‘lsa-da, amalda Isroil Quddusning ayrim qismlarini o‘z hududi sifatida ko‘ra boshladi.

 

1981-yilda Jo‘lon tepaliklari to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, bu hudud Isroil qonunchiligi hududiga kiritildi. Amalda esa bu hudud xalqaro hamjamiyat tomonidan betaraf hudud sifatida e’tirof etilsa ham, unda Isroil harbiylari joylashtirilgan. Suriyadagi Asadlar rejimi ag‘darilishi vaqtida Isroil harbiylari Jo‘lon tepaliklaridagi betaraf hududdan Suriya tomonga harakatlangan va mamlakatning bir qancha yirik shaharlariga zarbalar bergan edi. Isroil hukumati esa bu hujumlarni “terrorchilarga qarshi kurash” bilan izohlagan.

 

Sinay Misrga qaytarilgan bo‘lsa-da, Isroilning hududiy ekspansiya salohiyati va niyati fakt sifatida namoyon bo‘lgan.

 

So‘nggi 3 yil davomida Isroilning Yaqin Sharqdagi davlatlar — Livan, Falastin va Suriya kabi davlatlarga bir necha bor hujum qilishi va G‘azodagi aholiga nisbatan genotsid amalga oshirayotgani qayd etilgan. Ana shunday urushlar fonida Isroil rasmiylari, jumladan bosh vazir Binyamin Netanyahu tomonidan “Buyuk Isroil” g‘oyasi yana kun tartibiga olib chiqildi.

 

Xo‘sh, Isroil bu g‘oyani qay darajada amalga oshira oladi?

 

Hozirgi vaqtda G‘arbiy sohil va G‘azoga Isroil fuqarolari va harbiylari mahalliy aholini ko‘chirib joylashtirmoqda. Bu hududlarda Isroil aholi punktlari tizimli ravishda kengaytirilmoqda va turli infratuzilmalar bilan mustahkamlanmoqda.

 

2024–2025-yillarda Iordan vodiysidagi katta yer maydonlari “davlat yerlari” sifatida qayd etildi, bu esa Isroil aholi punktlarini yanada kengaytirish imkonini berdi. 2025-yilda Isroil hukumati G‘arbiy sohil bo‘ylab oldin noqonuniy deb hisoblangan ko‘plab hududlarni rasmiylashtirib, 22 ta yangi aholi punkti tashkil etishga ruxsat berdi.

     

                                                                                                                                                     Shohjahon Majidov 

custom img

Xodimni pora olmagani uchun mukofotlash huquqiy jihatdan noto‘g‘ri  — Antikorrupsiya agentligi

Qonun ustuvorligining ta’minlanishi xodimlarning funksional majburiyati ekani bildirildi.

custom img

Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi — hokimlik

Bozorda keng ko‘lamli modernizatsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva Avstriya parlamentida kengash raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Vena shahrida BMT sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Mirziyoyeva kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmasligini ularga qarshi xalqaro hamkorlik orqali kurashish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida Shayxontohur va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazida ilk bolalar muzeyi ish boshladi

Yangi ochilgan Bolalar maydonchasi 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan. Maydoncha hikoya qilish san’ati, milliy tarix va fan, texnologiya, muhandislik, matematika yo‘nalishlarini o‘zida birlashtirgan 4 ta maxsus pavilyondan iborat.

custom img

Oliygohlarda dars beradigan taniqli ijodkorlarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

Talabalar startaplari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m ajratiladi.

custom img

Yangi o‘quv yilidan 326 ta san’at maktablari pedagoglari umumta’lim maktablari bilan teng maosh oladi

O‘quvchilar yutuqlariga qarab pedagoglarga 20 foizgacha ustama to‘lanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"