Jahon

Falastinning BMTdagi vakili: Tinchlik shartnomasidan beri Isroil har kuni G‘azoda 2 nafar bolani o‘ldirmoqda

Falastinning BMTdagi doimiy vakili Riyad Mansur BMT Xavfsizlik Kengashida Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan Falastin masalasi bo‘yicha sessiyada nutq so‘zladi.

Falastinning BMTdagi vakili: Tinchlik shartnomasidan beri Isroil har kuni G‘azoda 2 nafar bolani o‘ldirmoqda

 

"G‘azoda tinchlik kuchga kirganidan (10-oktyabr) beri har kuni 1000 kishi halok bo‘lishi yoki jarohatlanishi, har kuni 2 nafar bolaning halok bo‘lishi, genotsiddan omon qolganlar har kuni o‘lim va azobdan qochishi, va ko‘chirilgan oilalar qishni suv bosgan chodirlarda o‘tkazishini hech narsa oqlay olmaydi", — degan u o‘z nutqida.

 

Mansurning ta’kidlashicha, Isroil falastinliklarning “yashash, ozodlik va tinchlikka erishish” yo‘lidagi harakatini ataylab to‘sishga urinmoqda. U AQSh ma’muriyatini o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishining oldini olish uchun aralashuvga chaqirdi, kafillik qilayotgan davlatlar esa keyingi bosqichga e’tibor qaratish o‘rniga ketma-ket yuz berayotgan inqirozlarni bartaraf etishga majbur bo‘layotganini aytdi.

 

Mansurga ko‘ra, falastinliklar Isroilning “majburiy ko‘chirish, bosqin siyosatini davom ettirish va o‘t ochishni to‘xtatishni buzish ustida ishlash” niyatini bilishiga qaramay, AQSh Prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini qabul qilgan. Biroq Isroil yordam kirishini kechiktirish, hujumlarni qayta boshlash va Sariq Chiziq orqali G‘azodagi bosqinni chuqurlashtirish orqali o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish maqsadini amalga oshirishga urinayotganini aytdi.

 

Mansur, shuningdek, Isroil askarlari va falastinliklarning yerini tortib olgan ko‘chmanchi yahudiylarning G‘arbiy Sohil va Quddusdagi hujumlariga, majburiy ko‘chirishga, mahalliy aholining yerlaridan haydalishiga va hududlarning egallanilishiga darhol barham berilishi kerakligini ta’kidladi.

 

U Isroil qamoqxonalardagi falastinlik mahbuslar masalasiga ham to‘xtalib, BMT Xavfsizlik Kengashining turli xil qiynoqlarga duchor bo‘lgan minglab tutqunlarning ahvoliga e’tibor qaratmayotganini “hech qanday asosga ega emas”, deya tanqid qildi.

 

Mansurning so‘zlariga ko‘ra, Sde Teiman qamoqxonasida isroillik qo‘riqchilarning falastinlik mahkumga zo‘ravonlik qilganini tasdiqlovchi video tarqalganida, Isroilda “jinoyatning o‘zi emas, videoning tarqalishi” janjalga aylangan, hatto ba’zilar qo‘riqchilarni “qahramon” sifatida ko‘rgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.