Jahon

Rossiyada xorijiy platformalarga kirish bosqichma-bosqich cheklanmoqda

Cheklovlar bosqichma-bosqich kengayib, ayrim xizmatlarning to‘liq bloklanishi ham mumkinligi aytilmoqda.

Rossiyada xorijiy platformalarga kirish bosqichma-bosqich cheklanmoqda

 

Rossiya hududida noyabr oyining oxiri va dekabr oyining dastlabki kunlarida bir qator xorijiy platformalarga kirishni cheklash bo‘yicha choralar kuchaytirildi.

 

Dastlab, 28-noyabrdan boshlab WhatsApp messenjerida xabar almashish va qo‘ng‘iroq qilish xizmatlarida uzilishlar kuzatila boshladi. Roskomnadzor axborotiga ko‘ra, platformaning Rossiya qonunchiligini buzganligi sababli unga nisbatan cheklovlar joriy etilgan. Messenjerning to‘liq bloklanishi ham istisno emasligi ta’kidlanmoqda.

 

Shuningdek, 3-dekabr kuni Roblox onlayn o‘yin platformasi to‘liq bloklandi. Vakolatli idora xabariga ko‘ra, xizmatda taqiqlangan kontent – xususan, “LGBT tashviqoti” elementi aniqlangan.

 

Oradan bir kun o‘tib, 4-dekabr kuni FaceTime va Snapchat xizmatlari ham cheklovlarga duchor qildi. Ularning aytilishicha, FaceTime’ning firibgarlik va terrorchilik faoliyatlarini tashkil etishda, Snapchat’ning esa terroristik guruhlarga a’zolar yollashda foydalanilgani qayd etilgan.

 

Roskomnadzor xorijiy platformalar faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilganini, milliy qonunchilik talablariga rioya qilinishi majburiyligini ma’lum qildi.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.