O'zbekiston

O‘zbekistonda davlat xodimlarining korrupsiyaga qarshi barqarorligi diagnostikadan o‘tkaziladi

Farg‘onada 2026-yil 1-yanvardan sinov tariqasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi.

O‘zbekistonda davlat xodimlarining korrupsiyaga qarshi barqarorligi diagnostikadan o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatda belgilangan.

 

Farmonga ko‘ra, diagnostika quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

 

  • 2026-yil 1-yanvardan — korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining rahbar va mas’ul xodimlari hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar;
  • 2026-yil 1-iyundan — sohalar nazoratiga mas’ul inspeksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “o‘rta” bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va nomzodlar;
  • 2027-yil 1-yanvardan — boshqa davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” va “o‘rta” bo‘lgan lavozimlarda ishlayotgan xodimlar va nomzodlar.

 

Diagnostikani Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi bilan Rahbar kadrlarni baholash markazi amalga oshiradi. Natijalar asosida xodimning korrupsiyaga barqarorlik darajasi “past” deb baholansa, u ushbu lavozimda faoliyat yuritishda davom eta olmaydi va boshqa lavozimga rotatsiya qilinadi.

 

Shuningdek, Farg‘onada 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hudud hokimliklarida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. Shu kunda kadrlar rotatsiyasi tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi: tuman va shahar bo‘linma rahbarlari, hokim va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda boshqa tuman yoki shaharga rotatsiya qilinadi.

 

Bu chora-tadbirlar davlat boshqaruvidagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaga qarshi barqarorlikni ta’minlash hamda kadrlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda davlat xodimlarining korrupsiyaga qarshi barqarorligi diagnostikadan o‘tkaziladi | Zamon.uz